"Tottenxem" Ugo Lorisga o'rinbosar topdi

Alisher
30 okt 2021
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

27 yoshli argentinalik futbolchiga Londonning "Tottenxem" klubi davogarlik qilmoqda.

Londonliklar posbonga klubdan kyetishi mumkin bo'lgan Ugo Lorisning o'rinbosari sifatida qarashmoqda.

Martines joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 35 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Independent