"Tottenxem" so'nggi o'yinlarda juda yomon natija qayd etmoqda

Eldor Akmurzayev
4 may 2019, 22:10
Angliya chempionatining 37-turida Tottenxem mexmonda Bornmutga imkoniyatni boy berdi.

Mazkur natija shporlarning o'tkazgan 6-o'yinidagi beshinchi muvaffaqiyatsizligiga aylandi. Ular avvaliga, YCHLning chorak final javob (4:3) bahsida, so'ngra esa APL doirasida (1:0) Manchester Sitiga mag'lub bo'ldi. 33-turning qoldirilgan uchrashuvida Maurisio Pochettino shogirdlari Brayton ustidan zafar (1:0) quchishadi va bugungi o'yinni ham qo'shib hisoblasak ketma-ket 3ta to'qnashuvda (chempionat – Vest Xem; YCHL – Ayaks; chempionat – Bornmut) raqiblariga minimal hisoblarda imkoniyatni boy beradi. 

Yevropaning nufuzli musobaqasiga yo'llanma beruvchi o'rinlar uchun kurashayotgan londonliklar hozirda Premer-liga turnir jadvalida 70 ochko to'plagan holda 3-pog'onada turibdi. Biroq, ularning eng yaqin taqibchilari ushbu turni hozircha o'tgazgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia