"Tottenxem" Son bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytiradi

Omonjon To`xtamirzayev
5 noya 2024, 08:31
Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi kelishuvni avtomatik tarzda uzaytirish bo'yicha banddan foydalanmoqchi.

32 yoshli Son Xyon Minning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Biroq klub kelishuvdagi bandga muvofiq hamkorlikni 2026 yilgacha uzaytirishga qaror qilgan.

Janubiy Koreya termasi sardori "Tottenxem"ga 2015 yil "Bayer"dan 22 mln funt evaziga kelib qo'shilgandi. APLda 310 o'yinda maydonga tushgan Son 123 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk