

O'yinchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
"Shporlar" Ryudiger bilan kelasi yozda "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlangandan keyin erkin agent maqomida shartnoma imzolashga urinmoqda. "Ko'klar" rahbariyati esa himoyachini qo'yib yubormoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ryudiger 2017 yilda "Chelsi"ga "Roma"dan 35 million evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.



