Tottenxem Rossini 36 million evroga sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2013
Fiorentina klubi hujumchisi Juzeppe Rossi Tottenxem klubi transfer nishoniga aylandi, deb xabar bermoqda Record nashri.
Shporlar ustozi Andre Villash-Boash hujumchini yanvar oyida 36 million evroga sotib olib jamoaning hujumini kuchaytirmoqchi.

Rossining Fiorentina bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilda tugaydi.

Bu mavsumda futbolchi A seriyada 11ta gol urdi. Tottenxemning barcha futbolchilari esa 13ta turda 11ta gol urishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru