"Tottenxem" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
12 mar 2020, 14:12
"Real" himoyachisi Eder Militao "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

London klubi yozda mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi va braziliyalik markaziy himoyachini xarid qilishga urinib ko'radi.

"Qaymoqranglilar" futbolchining transferidan 80 million evro atrofidagi mablag'ga ega bo'lmoqchi.

Militao "Real"ga o'tgan yozda "Portu"dan 50 million evro evaziga o'tgan edi.

22 yoshli o'yinchi joriy mavsum "galaktikos" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque