"Tottenxem" o'z muxlisini bir umrga o'yinlardan chetlatdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 20:55
Shimoliy London derbisi vaqtida "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyangga banan po'chog'i otgani uchun "Tottenxem" muxlisi jazolandi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "shporlar" muxlisi endi bir umr sevimli jamoasining o'yinlariga tusha olmaydi.

Derbi yakunlariga ko'ra, policiya hozirda 7 kishini xibsda ushlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports