"Tottenxem" Ndombele uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 13:49
"Lion" yarim himoyachisi Tangi Ndombelega yana bir grand jamoa qiziqmoqda.

"Shporlar" ham Fransiya terma jamoasi o'yinchisini o'z tarkibida ko'rishni xohlashmoqda. Francuz futbolchisining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Oldinroq futbolchiga "Real", PSJ va "Yuventus" jamoalaridan qiziqish bo'layotganligi haqida xabar berilgan edi.

Ndombele joriy mavsumda Fransiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telefoot