

"Tottenxem" o'z uyida "Manchester Yunayted"ga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
E'tiborlisi shundaki, "shporlar" MYU darvozasiga birorta marta to'g'ri zarba bera olishmadi. "Tottenxem" uy uchrashuvlarida bunday yomon natijani, oxirgi marta 2013 yilda qayd etgandi. O'shanda ular "Liverpul" bilan o'yinda 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchrab, biror aniq zarba bera olishmagandi.



