"Tottenxem" Mourinyuning "Roma"ga o'tganidan so'ng unga maosh to'lashda davom etadi

Alisher
5 may 2021, 10:28
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rim klubida yiliga 7 million evro maosh oladi.

Bu mutaxasssning "Tottenxem"da ishlayotgan pulidan kamroq. Londonda portugaliyalikka yiliga 17 million evro to'lashardi.

Bundan tashqari, Mourinyu o'zining "Roma"dagi birinchi mavsumida 16 mln evro ishlab oldi. Bu "Tottenxem"ning mutaxassisga shartnoma erta buzilgani uchun maosh to'lashda davom etishi bilan bog'liq.

Eslatib o'tamiz, Joze kecha rasman Italiya poytaxti klubida yozdan ish boshlashi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia