"Tottenxem" Mourinyuning o'rniga uch nomzodni ko'rib chiqmoqda

Alisher
14 apr 2021, 17:38
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuning iste'fosi haqida o'ylamoqda.

Poytaxt klubi "Vulverxempton" ustozi Nunu Eshpiritu Santuga e'tiborini qaratdi. Portugaliyalik "shporlar"ning bosh maqsadidir. Short-listda shuningdek Mauricio Sarri va Brendan Rojers ham bor.

London jamoasi APLda 31 turdan so'ng 49 ochko jamg'argan holda, jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, "shporlar" Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichida Zagrebning "Dinamo" jamoasidan engilib musobaqani tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express