"Tottenxem" Meddison o'rniga boshqa futbolchi topdi

Alisher Ostonov
24 avg 2025, 11:16
"Tottenxem" yana Niko Pasni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

London klubi avgust oyi boshida 20 yoshli yarim himoyachi uchun 40 million evro taklif qilgani ma'lum bo'ldi, ammo "Komo" futbolchini sotishdan bosh tortdi - u 70 mln evroga baholanmoqda.

Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, Jeyms Meddisonning jarohatidan so'ng "shporlar" Pasning nomzodiga qaytgan. Ular yangi taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdalar, bu kattaroq summani ko'zda tutadi.

Argentinalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com