“Tottenxem” mavsumni yana “Uembli”da o'tkazishi mumkin

6 sen 2018, 07:10
“Shporlar” hamon yangi stadioni bilan bog'liq muammodan qutula olganicha yo'q.

Qayd etilishicha, “Tottenxem Stedium” Rojdestvoga qadar tayyor bo'lmaydi. Shu boisdan klub rahbariyati Angliya futbol assotsiatsiyasidan uy uchrashuvlarini 15 dekabrga qadar “Uembli”da o'tkazib turishga ruxsat so'radi.

APL rahbariyati esa agarda stadion aytilgan muddatdan oldinroq tayyor bo'lmasa, butun mavsumni “shporlar” “Uembli”da o'tkazishiga to'g'ri keladi deb hisoblamoqda. Tez orada ular mazkur variantni londonliklarga taklif qiladi. Klubdagilar esa yangi stadionga ertaroq ko'chib o'tishga ishonmoqda, “Uembli” borasidagi kelishuvga esa oldindan sug'urta sifatida qarashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail