"Tottenxem" "Manchester Yunayted"ga Keynning narxini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
5 mar 2023, 17:16
"Tottenxem"dagilar hujumchisi Xarri Keynni sotib yuborishga tayyor.

"Football Insider" xabariga ko'ra, londonliklar Manchester klubiga hujumchisining narxi 100 mln funt ekanligini ma'lum qilgan. MYU Keynni ancha vaqtdan buyon kuzatib boradi va u bilan yozda shartnoma imzolash ehtimoli yo'q emas.

Keynning "shporlar" bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda 29 yoshli Keyn barcha turnirlarda 36 o'yinda qatnashib, 20 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider