"Tottenxem" "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo'lgan himoyachini ilib ketmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2023, 10:59
APLning boshqa bir klubi ham "Nicca" himoyachisi Jan-Kler Todiboga e'tibor qaratdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Takidlanishicha, francuz klubi o'yinchisini sotishga qarshi emas. Transfer narxi 40 million funt sterling atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Manchester Yunayted" "Nicca" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchiligi va bu transfer uchun qancha pul to'lashga tayyorligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com