

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Tottenxem" rahbariyati u uchun 35 million evro to'lashni muammo deb hisoblamaydi va uni sotib olishni vaqt masalasi deya takidlamoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining ijarasi kelasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Shu bir yarim yil ichida "Yuventus" 10 million evro oladi, "Tottenxem" shvetsiyalikni sotib olish uchun ma'lum shartlar asosida yana 35 million to'lashi kerak bo'ladi. Bu miqdor besh yil davomida bir necha transhda to'lanadi.



