"Tottenxem" Koutino uchun kurashda yetakchi

Alisher
3 avg 2020, 17:30
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

Ayni damda "shporlar" o'yinchi uchun kurashda bosh da'vogar bo'lib turishibdi. Xavbekka shuningdek "Arsenal", "Chelsi" va "Lester" klublari ham da'vogarlik qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Koutino yakunlangan mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazdi, nemis klubi o'yinchini xarid qilmadi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com