“Tottenxem” klubi “Roma”ga Pyanich uchun 23 mln evro taklif etdi

11 iyul 2013, 09:13
Italiyaning “Roma” klubi yarim himochisi Miralem Pyanich “Tottenxem” klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi, deb xabar beradi The Guardian muxbiri Sasha Ibrul.

Angliya klubi italiyaliklarning Bosniya va Gercogovina terma jamoasi o'yinchisi uchun 23 mln evro taklif bilan chiqishgan.

Avvalroq futbolchiga “Manchester Yunayted”, dortmundning “Borussiya” va “Milan” klublari qiziqib kelishayatgan edi.

Bundan tashqari yaqinda chiqqan xabarlarga ko'ra Pyanich Rossiyaning “Zenit” klubiga o'tishga rozilik bermagan.


Manba: sports.ru