"Tottenxem" italiyalik futbolchini sotib olishdan bosh tortdi

7 iyun 2020, 21:56
Avvalroq OAVda "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo faoliyatini Mourinyu boshchiligidagi "Tottenxem"da davom ettirishi mumkinligi haqida yangiliklar tarqalgandi.

Star nashri xabariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati Zanoolo transferidan voz kechgan. Bunga Rim klubi futbolchi uchun talab qilayotgan trasfer summasi - 79 mln evro sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchi "Roma"ga 2018 yilda Milanning "Inter" klubi tarkibidan kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Star