"Tottenxem" hujumchisini sotish niyatida

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025
"Football Insider" nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" yanvar oyidagi transfer oynasida hujumchi Dominik Solankening o'rnini bosuvchi futbolchi topishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 28 yoshli angliyalik futbolchi "Tottenxem" murabbiyi Tomas Frankni hayratda qoldira olmadi. Takroriy jarohatlar ham o'z ta’sirini ko'rsatdi.

Solanke 2025/26 yilgi mavsum 3 o'yinda qatnashdi, ammo gol urolmadi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.


Transfermarkt uni 40 million evroga baholamoqda.

"Tottenxem" transfer oynasi qayta ochilganda yangi hujumchi sotib olishga umid qilmoqda, bunda varintlardan biri - "Al Ahli"dan Ayven Touni.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider