"Tottenxem" futbolchisi "Nyukasl"ga o'tdi

Alisher
31 yanv 2020
"Nyukasl" "Tottenxem" himoyachisi Denni Rouzni ijaraga oldi.

Ijara muddati mavsum so'nggiga qadar davom etadi.

29 yoshli futbolchi yangi jamoasida debyutini 1 fevralda amalga oshirishi mumkin. "Nyukasl" ertaga "Norvich"ni o'z maydonida qabul qiladi.

Chap qanot himoyachisi "Nyukasl"da 28-raqam ostida harakat qiladi.

Rouz 2007 yildan beri "shporlar" safida harakat qiladi. Futbolchi joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NUFC