"Tottenxem" futbolchisi "Bavariya"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018, 11:46
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Futbolchi nemis klubida PSJga ketishi kutilayotgan Jerom Boateng o'rnini egallashi mumkin.

"Tottenxem" 29 yoshli himoyachini qo'yib yuborishga tayyor. Alderveyreldning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining tovon puli 25 mln. funt.

Oldinroq, Alderveyreldga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgani, ammo tomonlar transferning narxi borasida kelisha olishmagani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror