"Tottenxem" Eriksenni ijaraga olmoqchi

Alisher
5 yanv 2021, 13:28
Milanning "Inter" klubi xavbeki Kristian Eriksen Angliyaga qaytishi mumkin.

Daniyalik futbolchini "Tottenxem" ijaraga olmoqchi. Shu bilan birga ushbu bitimni amalga oshirish qiyin bo'lishi aytilmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "Inter" safida 12ta o'yinda maydonga tushdi va 373 daqiqa harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, Eriksen "Inter"ga o'tgan yilning yanvarida "Tottenxem"dan 27 million evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian