"Tottenxem" Eriksen borasida rasmiy taklif olmagan

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Tottenxem" rahbariyati yarim himoyachi Kristian Eriksen borasida birorta klubdan rasmiy taklif olmagan.

Oldinroq klub prezidenti Deniel Levi "Real" klubi sport direktori Xose Anxel Sanches bilan bog'langani va tomonlar muzokaralar o'tkazgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Ammo jurnalistlar bilan uchrashuvda Levining o'zi bu xabarlarni rad qildi.

Eriksenning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi. Hozircha futbolchining o'zi rahbariyatga klubdan kyetish istagi borligini aytganicha yo'q. Londonliklar futbolchini 70 million evroga baholamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports