“Tottenxem” YCHLdagi golli uchrashuvlar seriyasini 18 taga etkazdi

6 mar 2019, 09:00
“Tottenxem” kecha Dortmundda “Borussiya” ustidan 1: 0 hisobida g'alaba qozondi.

“Shporlar” Chempionlar ligasining ketma-ket 18-o'yinida gol urishning uddasidan chiqdi. London klubi so'nggi bor 2016 yil noyabrida musobaqaning guruh bosqichida “Bayer” darvozasini ishg'ol qila olmagandi.  Shuningdek,  “Tottenxem” so'nggi 8 ta safar o'yinida atigi bir marta - 2018 yil sentabrida “Inter”ga (1: 2) mag'lub bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com