"Tottenxem" Dayer bilan muzokara o'tkazyapti

14 iyun 2020, 00:50
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati yarim himoyachi Erik Dayer bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokarlarni boshlab yubordi.

Xabar qilinishicha, kelushuv amalga oshgan taqdirda angliyalik futbolchi yiliga 5 million evro maosh ola boshlaydi. Dayerning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan (hozirgi maoshi - 3,6 mln).

Eslatib o'tamiz, Erik Dayer "Tottenxem"ga 2014 yilda Lissabonning "Sporting" klubi tarkibidan kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports