"Tottenxem" "Chelsi" yosh himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
20 apr 2023
"Chelsi" himoyachisi Levi Koluill "Tottenxem" nishoniga aylandi.

Futbolchi "Brayton"da ijara asosida o'ynamoqda. Xabar qilinishicha, "ko'klar" 20 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmayapti, unga "Manchester Siti" va "Liverpul" ham davogarlik qilmoqda.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum "chaykalar" tarkibida 15 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport