"Tottenxem" "Chelsi" futbolchisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
29 yanv 2020, 11:54
"Tottenxem" "Chelsi" hujumchisi Olive Jiruning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Shporlar" ustozi Joze Mourinyu 33 yoshli fransiyalik o'yinchini qishki transferlar oynasi yakuniga qadar o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Klub Jiruga 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.

Oldinroq, o'yinchiga "Inter", "Barselona" va "Aston Villa" klublari qiziqayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Olive joriy mavsum APLda 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com