"Tottenxem" braziliyalik o'yinchini nishonga oldi

Alisher
21 fev 2020
"Gremio" vingeri Everton Soares "Tottenxem" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Ingliz klubi o'tgan yozda Kopa Amerikada o'zini har jihatdan ajoyib ko'rsatgan 23 yoshli braziliyalik o'yinchi bilan tarkibini kuchaytirib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, ehtimoliy transfer narxi 35 million evro atrofida baholanmoqda.

Everton joriy mavsum Braziliya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports