

Bu haqda "TalkSport" xabar bermoqda.
Daniyalik murabbiy 2018 yilning oktyabridan beri "Brentford" klubini boshqarib kelmoqda. "Asalarilar" uning qo'l ostida Chempionshipdan Premer-ligaga ko'tarilishdi. "Brentford" hozirda APL jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
"Tottenxem" bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. Avvalroq "shporlar" Yulian Nagelsmanni tayinlashdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Vaqtinchalik murabbiy Rayan Meyson o'z lavozimida qolishi ehtimoli ham bor.



