"Tottenxem" Beyl tufayli yana boyiydi

28 may 2014, 01:27
"Real" Londonning "Tottenxem" klubiga yana 8 million to'lab berishi kerak.

O'tgan yili Garet Beylni "Tottenxem"dan 100 million evro evaziga sotib olgan "Real" jamoasi yana 8 million evroni londonliklar hisobiga o'tkazib berishi kerak. Sababi shundaki, "Real" jamoasi ushbu mavsumda Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi va transfer shartida ko'rsatilgan kelishuvga ko'ra, "Tottenxem" yana 8 million evroga ega bo'ladi.

"Real"ning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyati "Tottenxem" uchun ham foyda bo'ldi.


Manba: soccer.ru