"Tottenxem" Auarning vakillari bilan muzokara o'tkazdi

Alisher
25 avg 2021
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar "Tottenxem" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

London klubi o'yinchining vakillari bilan muzokralar o'tkazdi va ehtimoliy transferni muhokama qildi.

O'yinchining o'zi faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishga qarshi emas. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Auar "Lion" tarbiyalanuvchisi. U joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports