"Tottenxem" Abduqodir Husanovni o'z safida ko'rmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2024
"Tottenxem" markaziy himoyachi Mikki van de Ven jarohatidan so'ng, yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash ishlarini tezlashtirmoqchi, deb xabar bermoqda "Football Insider".

23 yoshli Van de Ven "Man Siti"ga qarshi kubok doirasidagi o'yinda tizzasidan jarohat oldi va taxminan 4 - 6 haftaga safdan chiqdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar yanvar oyidagi transfer oynasidan avval bir nechta transfer variantlari bo'yicha ishlarni faollashtirgan. 

"Tottenxem" soobiq skauti Mayk Braun "Football Insider"ga yuzaga kelgan vaziyat tufayli klub himoya chizig'ini yanada kuchaytirish niyatidaligini ma'lum qilgan. 

Markaziy himoyani kuchaytirishi mumkin bo'lgan variantlardan biri Yevropaning qator klublari qiziqishiga sabab bo'lgan 20 yoshli Abduqodir Husanov hisoblanadi. 

"Himoyachi yuqori darajada katta tajribaga ega emas. Faoliyatida davomida asosiy jamoada 62 o'yinda maydonga tushgan Husanov, ularning 37 tasini Belorussiyaning ikkinchi Ligasida o'tkazgan. 

2023 yilda "Lans"ga ko'chib o'tgach, Fransiyada unga yuksak baho berishdi, biroq keyingi jiddiy qadamdan avval futbolchi yanada ko'proq tajriba to'plashi kerakdek.

20 yoshli sportchi O'zbekiston terma jamoasi safida 16 bor maydonga tushdi va muntazam ravishda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda o'ynab kelmoqda. Natijada, ko'plab klublar uni ulkan salohiyatga ega futbolchi sifatida kuzatmoqda", - deyiladi "Football Insider" xabarida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footballinsider247.com