"Tottenxem" 5000 kundan beri sovrin yutmaydi

Alisher
2 noya 2021, 17:16
Bundan 5000 kun oldin "Tottenxem" so'nggi sovrinini yutgandi.

"Shporlar" 2008 yilning 24 fevral kunida Angliya liga Kubogi finalida "Chelsi"ni mag'lubiyatga uchratishgan edi. O'shandan beri "Tottenxem" o'z klub muzeyini to'ldira olmadi, aynan shu sabab ular manziliga tanqidlar otiladi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" dushanba kuni jamoani yozda qabul qilib olgan Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqardi. Jamoaga Antonio Konte bosh murabbiy bo'ldi. Italiyalik "shporlar"ga uzoq kutilgan sovrinni olishda yordam beradi.

"Tottenxem" 4 noyabr kuni "Vitess"ga qarshi Konferenciyalar Ligasi guruh bosqich to'rtinchi tur doirasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia