"Tottenxem" 45 mln evrolik xaridni amalga oshirishi mumkin

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 12:52
"Vest Xem" vingeri Muhammad Qudus faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubida davom ettirmoqchi.

24 yoshli ganalik yarim himoyachini Londonning "Tottenxem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Afrikalik futbolchining transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Kudusning "bolg'achilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Muhammad o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Goal