"Tottenxem" 0–3 "Liverpul". Mehmonlarning ishonchli g'alabasi!

Narzulla Saydullayev
31 avg 2014, 19:25
APL 3-turidan o'rin olgan "Tottenxem" – "Liverpul" hamda uchrashuvi yakunlandi.
Tottenxem 0–3 Liverpul
31 avgust, 17.30, Uayt Xart Leyn

Tottenxem – Loris, Dayer, Vertongen, Rouz (Devis, 72), Kabul, Eriksen (Taunsend, 59), Kapu, Bentaleb (Dembele, 59), Shadli, Lamela, Adebayor.
Liverpul – Minole, A.Moreno, Lovren, M. Sako, Mankilo, Xenderson, Allen (Jan, 61), Sterling (Xose Enrike, 86), Jerrard, Balotelli (Markovich, 61), Starrij.
Ogohlantirishlar: Allen (27), Mankilo (37), Sterling (74), A.Moreno (90).

Gollar: Sterling 8, Jerrard 49 (pen), Moreno 60.



YANGILASH


93. O'yin yakunlandi! Mersisaydliklar safarda ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Alberto Morenoga ham ogohlantirish.

74. Raxim Sterlingga sariq kartochka.

60. Mana bo'lmasam uchinchisi!!! Moreno! 0:3!

49. GOOOL! Stiven Jerrard 11 metrlik nuqtadan to'pni darvozaga kiritdi.


48. Dayer raqib futbolkasini tortib qolgani uchun mezbonlar darbozasi tomon PENALTI!

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus.

37. Mankiloga ham ogohlantirish.

27. Mexmonlar futbolchisi Allenga sariq kartochka.

15. Balotelli yaqin masofadan to'pni darvozaga to'g'irlay olmadi.

8. GOOOL! Xendersonning oshirgan to'pidan so'ng Sterling raqib darvozasiga to'p kiritdi.

3. Balotellining bergan zarbasini Loris ajoyib tarzda qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

O'yinning e'tiborga molik voqealarini yoritib borishga harakat qilamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia