"Tottenxem" Amrabat uchun muzokaralarni boshladi

Angliyaning "Tottenxem" klubi Marokash terma jamoasi futbolchisi Sofyan Amrabatga qiziqayotganlar safiga qo'shildi.

Oldinroq "Fiorentina" yarim himoyachisiga "Liverpul"dan ham jiddiy qiziqish bo'layotgani ma'lum qilinayotgan edi. Marokashlik futbolchi Qatar mundialidagi ajoyib harakatlari sababli Yevropaning ko'plab klublari e'tiborini o'ziga tortdi.

Italiya klubi Amrabatga 43,7 mln funt (50 mln evro) narx belgilab qo'ydi. "Shporlar" yanvar oyida futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'radi.


Manba: Football Insider