Toshkentda xotira turniri start oldi

Bugun poytaxtimizda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Zokir Qurbonov xotirasiga bag'ishlab xalqaro turnir start oldi.
Mazkur turnirda 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etadi. Ishtirokchi jamoalar soni 12ta. Jamoalar uchtadan to'rt guruhga bo'linishdi. Xotira turniri 22 noyabrga qadar davom etadi.

“A” guruhi: “Paxtakor” (Toshkent), OVJASPORTS (Olma-Ota), “Lokomotiv-BFK” (Samarqand vil.)

“V” guruhi: “Bunyodkor” (Toshkent), YAFMI (Yangier), BO'SM-30 (Namangan)

“S” guruhi: “Spartak” (Toshkent), “FK Astana” (Astana), FSO “Dinamo” (Samarqand)

“D” guruhi: BO'SM-16 (Toshkent), BO'SM-28 (Buxoro), “Chilonzor” (Toshkent)

Birinchi kun natijalari:

“OVJASPORTS” - “Lokomotiv-BFK” 0:4

“FK Astana” - FSO “Dinamo” 0:2

BO'SM-28 - “Chilonzor” 1:0

YAFMI – BO'SM-30 2:0


Manba: championat.asia