Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2017, 12:41
Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor-79” a'zolari vafotiga sabab bo'lgan aviahalokat sodir bo'lganiga 38 yil bo'ldi.

Shu munosabat bilan 11 avgust kuni Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi.

Avvaliga soat 09:00 da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida to'plandi va unda aviahalokat oqibatida hayotdan ko'z yumgan futbolchilar bilan birga faoliyat olib borgan To'lagan Isoqov hamda Narimon Jalolov so'zga chiqib, marhum paxtakorchilarni xotirladi.




“Paxtakor” stadionidagi tadbir yakunlangach, yig'ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko'z yumgan futbolchilar sharafiga o'rnatilgan yodgorlikni ziyorat qilish uchun “Botkin” qabristoniga tashrif buyurishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com