Toshkentda OFK ayollar futboli kuniga bag'ishlangan futbol festivali bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2017, 11:15
O'zbekiston futbol Federatsiyasi shu yilning 29 mart kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar kuniga bag'ishlangan ananaviy futbol festivalini tashkil qiladi.

Festivalda Toshkent shahrining turli go'shalaridan 10 yoshgacha bo'lgan 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etadi.

Ananaviy ayollar futboli festivali O'zbekiston futbol Federatsiyasidagi sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi. Musobaqa 9:00 da start olishi ko'zda tutilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com