Toshkentda futzal murabbiylari uchun Level 1 xalqaro o'quv-kurslari boshlandi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2018, 17:28
O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi nafaqat futbol, balki futzal bo'yicha murabbiylar malakasini oshirish va bu yo'nalishdagi ishlarni rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bugun 25 dekabr kuni Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha futzal murabbiylari uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari boshlandi. O'quv kurslarini FIFA va OFK instruktori eronlik Parnov Abdulhussayn olib bormoqda. Unga koordinator sifatida Avaz Maxsumov tayinlangan.

Mazkur o'quv kurslari "Milliy" stadionda bo'lib o'tyapti, unda 17 nafar murabbiylar ishtirok etmoqda. Murabbiylar kurslar davomida nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borishmoqda.

O'quv kurslari 30 dekabrga qadar davom etadi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga OFKning Level 1 xalqaro sertifikatlari topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz