Torresga MLSning besh jamoasidan taklif tushayotgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 17:44
"Atletiko" hujumchisi Fernando Torres bu mavsumda jamoani tark etadi, deb xabar beradi "Marca".

Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga "Nyu-York Siti", "Chikago Fayr", "Siettl Saunders", "Monreal Impekt" va "Kanzas-Siti"  jamoalaridan takliflar tushgan. Shuningdek, Xitoy klublaridan ham qiziqishlar bo'lmoqda.

Bu mavsumda Torres 35 uchrashuvda 7 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru