Torre "Barselona"ning AQSHdagi yig'inini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023
Yarim himoyachi Pablo Torre "Barselona" bilan AQSHdagi mavsumoldi turnega bormaydi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi ijara asosida "Jirona"ga o'tishga yaqin. Futbolchi kataloniyaliklar safiga bir yil avval "Rasing"dan ko'chib o'tgandi.

Torre 2022/23 yilgi mavsum La Ligada 8 ta o'yinda ishtirok etdi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasining 3 ta uchrashuvida o'ynab, 1 ta gol urdi.

"Barselona" AQSHda bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. Raqiblar – "Arsenal", "Milan", "Yuventus" va "Real".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo