"Torpedo"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2022, 14:20
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Axmat" sobiq ustozi Andrey Talalaev "Torpedo" bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

Moskva klubi ayni paytda 6 ochko bilan Rossiya Premer-ligasida so'nggi pog'onani egallab turibdi. Jamoa 15 oktyabr kuni 14-o'rindagi "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi. 

Eslatib o'tamiz, "Torpedo" safida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov to'p tepadi. U ushbu mavsum jamoa safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 589 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: torpedo.ru