"Torpedo" bosh murabbiyi ishdan bo'shatiladimi?

Sherzod Nurmatov
9 avg 2022
"Torpedo" ustozi Aleksandr Borodyuk iste'foga chiqarilishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, "Orenburg" bilan o'yinda qoniqarsiz natija qayd etilsa, murabbiy ishdan bo'shatiladi.

Taniqli mutaxassis "Torpedo"ga 2021 yilda kelgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

RPLning yakunlangan 4 tur natijalariga ko'ra, jamoa turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Hojimat Erkinov iyul oyidan beri "Torpedo"da o'ynab kelmoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.com