"Torino" "Yuventus" futbolchisini ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021, 21:40
"Yuventus" forvardi Marko Pyaca "Torino"ga ijara asosida ko'chib o'tdi.

Shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi. "Torino" futbolchining transfer huquqini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

26 yoshli xorvatiyalik vinger o'tgan mavsumda "Jenoa" tarkibida to'p surdi. U A Seriyada 35 uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com