"Torino" va "Yuventus" Pyacaning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
27 iyul 2021, 08:37
"Yuventus" forvardi Marko Pyaca faoliyatini "Torino"da davom ettirishi mumkin.

O'yinchi transferga rozilik bildirdi. Klublar transferning qanday turi bo'lishini muhokama qilishmoqda.

26 yoshli xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Jenoa"da o'tkazdi.

Pyaca A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/romeoagresti