"Torino" prezidenti Belottining narxini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
25 apr 2018, 19:51
"Torino" prezidenti Urbano Kairo hujumchi Andrea Belottini 100 mln evrodan kamiga sotmasligini ma'lum qildi.

"Belotti borasida qayg'urmayapman. Bu mavsumda uning o'yinlari o'xshamayapti. Albatta, bunga jarohatlar ham sabab bo'ldi. Unga yordam kerak. Agarda kimdir Belotti uchun 100 mln to'lamasa, u hech qaerga kyetmaydi", - dedi Kairo.

24 yoshli Belotti "Torino" uchun 28 gol kiritdi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 12 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia