"Torino" Belottini saqlab qolmoqchi

Alisher
26 okt 2021, 18:24
"Torino" rahbarlari jamoa yetakchisi Andrea Belotti bilan xayrlashmoqchi emaslar.

Turin klubi rahbariyati hujumchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Biz yil so'nggida Andrea bilan uning kelajagi borasida gaplashmoqchimiz. Klub ushbu futbolchini kamida mavsum so'nggiga qadar saqlab qolmoqchi", - deydi jamoa ustozi Ivan Yurich.

27 yoshli futbolchining "buqalar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Belotti joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb