To'puraridan ayrilgan “Beshiktosh” “Lester” hujumchisini sotib olmoqchi

CHL pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan turk klubi “Lester” forvardini sotib olish uchun harakatlarni boshlab yubordi.

Gap tulkilarning jazoirlik hujumchisi Islam Slimani haqida ketmoqda. Qishki transferlar vaqtida “Everton”ga yo'l olgan jamoa to'purari Jenk Tosun o'rniga hujumchi izlayotgan “Beshiktosh” jazoirlik futbolchi nomzodida to'xtadi.

“Lester” ham hujumchini tezroq sotib yuborishga umid qilmoqda.


Manba: Sky Sports